Pillapoya ramzli kitob doʻkoni

0
494
views

Meksikaning Nuevo-Leon shtati poytaxti Monterreyda joylashgan ham doʻkon ham kutubxona boʻlmish noyob inshoot na faqat oʻzi xos qurilganligi balki, kitob tanlashga qulayligi bilan ham ajralib turadi.

Kitob javonlari  zinani eslatadi. Narvonning har bir panjarasi ichida bitta boʻlim aks etgan.

Bu yerda insonning maʼnaviy yuksalishida kitoblar pillapoyadir degan gʻoya ifoda etilgan. Bu fikr   esa haqiqatdir! U ana shunday shakl-shamoili bilan mutolaaning ahamiyatini oshirib, kitoblarni  sevishga, oʻqishga daʼvat qilib turadi.

Kitob oʻqigan sari maʼnaviyatingiz, ruhiyatingiz yuksalib boraverishini Sharq allomalari Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi allomalarning hayot yoʻli, mutolaaga mehri, avlodlarga qoldirgan kitoblari ham isbotlab turibdi.  

O. Saʼdullayeva

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here