Meksikaning Nuevo-Leon shtati poytaxti Monterreyda joylashgan ham doʻkon ham kutubxona boʻlmish noyob inshoot na faqat oʻzi xos qurilganligi balki, kitob tanlashga qulayligi bilan ham ajralib turadi.
Kitob javonlari zinani eslatadi. Narvonning har bir panjarasi ichida bitta boʻlim aks etgan.
Bu yerda insonning maʼnaviy yuksalishida kitoblar pillapoyadir degan gʻoya ifoda etilgan. Bu fikr esa haqiqatdir! U ana shunday shakl-shamoili bilan mutolaaning ahamiyatini oshirib, kitoblarni sevishga, oʻqishga daʼvat qilib turadi.
Kitob oʻqigan sari maʼnaviyatingiz, ruhiyatingiz yuksalib boraverishini Sharq allomalari Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi allomalarning hayot yoʻli, mutolaaga mehri, avlodlarga qoldirgan kitoblari ham isbotlab turibdi.
O. Saʼdullayeva