Misrda qadimiy haykal topildi

0
561
views
Misr janubida joylashgan Asvan shahri hududida  odam boshli va tanasi shernikiga oʻxshab ishlangan haykal topilgan. Bu haqda «Washington Post« nashri xabar bermoqda.
 
Mamlakat Antik davr topilmalari vazirligi maʼlumotiga koʻra, haykal Kom Ombo ibodatxonasi atrofida, binoni yerosti suvlaridan muhofaza qilish yuzasidan olib borilayotgan qazishma ishlari davomida topilgan.
 
Tadqiqotchilar haykal Ptolemey davriga mansubligini taxmin qilmoqda.
 
Hukumat vakillari ushbu qadimiy topilma hududda turizmni rivojlantirishga oz boʻlsa-da turtki berishiga umid bogʻlagan.
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here