Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari oʻtkazildi.
Bu yilgi “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturida Oʻzbekistonimizda koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor berildi. Ayni kunlarda butun mamlakat miqyosida «Yashil makon» umummilliy harakatiga alohida eʼtibor berilmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi Prezident maktabida ham daraxt ekish tadbirlari hamjihatlikda oʻtkazildi.
Zero, bugungi globallashuv davrida ekologik barqarorlikni taʼminlash, yashil hududlarni kengaytirish va tabiiy resurslarni asrash har qachongidanda muhimdir. Xalqimiz “Yer — xazina”, deb bejiz aytishmagan. Unga mehr berilsa, ogʻir mehnat emas, balki, musaffo havo manbai sifatida qaralsa, atrof gullab yashnaydi. Daraxtlarni koʻproq ekish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash esa, ekologiyaning yaxshilanishiga zamin yaratadi.
Maktab rahbariyati oʻqituvchilar hamda oʻquvchilar ishtirokida “yashil” hududlarni kengaytirish va tabiatni himoya qilishga alohida eʼtibor berayapti. Bu yoʻnalishda uyushtirilayotgan tadbirlar yoshlarni ekologik maʼsuliyatga chorlash va yashil makon yaratishga boʻlgan eʼtiborni yuksaltirish maqsadlari ham mujassam. Hamjihatlikda daraxt ekish nafaqat tabiatni himoya qilish, balki oʻquvchilarning atrof-muhitga nisbatan masʼuliyat hissini ham yuksaltirishdir.
Tadbir davomida ekilgan daraxtlar nafaqat Prezident maktabining yashil hududini goʻzallashtiradi, balki yosh avlodni tabiiy resurslarni asrashga chorlaydi, oʻrgatadi.
Behruz XURRAMOV, Toshkent shahridagi Prezident maktabi PR menejeri, OʻzDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi