Donald Tramp: Kim meni “qari” deb haqorat qildi

0
291
marta koʻrilgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In uni «qari» deb atab “haqorat” qilganini aytgan. “Axir men Kimni «pakana va semiz» deb haqorat qilmaymanku, nega Kim meni «qari «deb haqorat qildi?  deb yozadi yakshanba kuni Vyetnamda boʻlib oʻtgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitidan soʻng oʻz twitterida D.Tramp. “Men uning doʻsti boʻlish uchun juda koʻp harakat qilaman va ehtimol, kelajakda doʻstiga aylanarman! » deb qoʻshimcha qiladi prezident.

 Eslatib oʻtamiz, D.Tramp avvalroq Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlarini tanqid qilgan edi.

Shimoliy Koreya 3 sentyabr kuni oltinchi marta atom bombasi sinovini oʻtkazdi va BMTning  yangi sanksiyalariga duchor boʻldi.

Shimoliy Koreya BMT sanksiyalariga qaramay oʻnlab ballistik raketa sinovlarini oʻtkazdi. Shimoliy Korea  Qoʻshma Shtatlar va uning ittifoqchilarining adovatiga qarshi turish uchun qurol ishlab chiqarish dasturidan hech qachon voz kechmasligini aytgandi.

Qoʻshma Shtatlar esa masalaga diplomatik yechim topishni, lekin zarur boʻlsa, harbiy-jangovar harakatlarga ham tayyor ekanligini bildirgan.

Surat Reuters axborot agentligi saytidan olindi.

Reuters axborot agentligi materiallari asosida tayyorlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.