15 oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni

0
832
marta koʻrilgan.

BMT Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabridagi yigʻilishida 15 oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb eʼlon qilingan.  Dunyoning koʻplab davlatlarida mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Ayollar va qizlarning qishloq hududlaridagi uy xoʻjaliklari va hamjamiyatlarning barqarorligini,   qishloq aholisining turmush darajasi va farovonligini oshirishni taʼminlashdagi muhim oʻrni tobora tan olinmoqda.

Ayollar asosan qishloq xoʻjaligidagi ishchi kuchini,  shu jumladan norasmiy mehnatning katta qismini tashkil etadi.  Qishloq sharoitida koʻplab ayollar oiladagi va uy xoʻjaligidagi ishlarning katta qismini beminnat bajaradilar.  

Shuningdek, ular qishloq xoʻjaligidagi ishlab chiqarishni yuksaltirish, oziq-ovqat  va ovqatlanish xavfsizligi taʼminlash, yer va tabiiy resurslarni boshqarish, hamda iqlim barqarorligini taʼminlashda oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshmoqdalar.

 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.