Suriyaning Idlib viloyati voqealari

0
87
marta koʻrilgan.

Rossiya Suriyaning Idlib viloyatiga yana hujum qildi, deya xabar beradi BBS axborot xizamati sentyabr oyining avvalida. Hujum asosan viloyatning Hayat Tahrir al-Sham va Ahrar al-Sham jihodchi guruhlari joylashgan hududlarga uyushtirilgan.

 “Harbiy hujumdan maqsad jihodchi guruhlarni yoʻq qilish” deya izoh bergan Inson Huquqlari Suriya Observatoriyasi rahbari  Rami Abdul Rahmon.

Ushbu oyning birinchi haftasi boshida rus harbiy havo qoʻshinlari viloyatning harbiy hudulari, shuningdek Latakiya viloyati va Sahl al-Gʻob tekisliklarida 30 ga yaqin havo hujumlarini uyushtirgan.

Viloyatning minglab aholisi esa mahalliy aholi qurbon boʻlishiga chek qoʻyishni xalqaro tashkilotlardan soʻrab, namoyish oʻtkazganlar. 

 Hayat Tahrir al-Sham va Ahrar al-Sham guruhlari BMT tomonidan terroristik guruh sifatida tan olingan boʻlib, bugun Idlibda taxminan 10.000 jangchisiga ega.

Rossiya, Eron va Turkiya oʻrtasidagi uch tomonlama uchrashuvda Turkiya Prezidenti Rajab Tayip Erdoʻgʻan Idlibda vaqtinchalik sulh tuzishga chaqirgan.  «Biz Idlibni qonga botishini istamaymiz. Idlibga qilingan har qanday hujum falokatga olib keladi. Terrorchilarga qarshi kurashish vaqt va sabr-toqatga asoslangan usullarni talab qiladi” deya oʻz fikrlarini izohlagan Prezident Rajab Tayyib Erdoʻgʻan uchrashuvda.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa uning taklifiga qarshi chiqib, terrorchilarga qarshi kurashishni davom ettirish kerakligini aytgan. “Suriya hukumati hududiy yaxlitligini saqlashi va barcha yerlarini nazoratga olishi kerak» deya oʻz fikrini izohlagan Prezident V.Putin.

Idlib soʻnggi yetti yil davomida Prezident Assadni hukumat tepasidan agʻdarishga urinayotgan isyonchi va jihodchi guruhlar joylashgan asosiy hududlardan biri. Agar Suriya hukumati viloyatni toʻliq oʻz nazorati ostiga olsa, isyonchi va jihodchi guruhlarga qarshi kurashishda erishilgan katta yutuqlardan biri boʻladi. Bu viloyatda bir qancha tomonlar, jumladan Suriya hukumati, al-Qoida guruhi, Suriyadagi kurd jangari kuchlari, turk isyonchilari oʻzaro kurash olib bormoqda. Bugun viloyatda taxminan 30 mingga yaqin isyonchi va jihodchi jangarilar bor. Tinch aholi soni 2,9 million kishini tashkil etib, uning bir millioni bolalardir.

“Tez orada oqilona siyosiy yechim topilmasa, yangi dahshatli manzaralar yuzaga kelajak» deydi BMTning Suriya boʻyicha maxsus vakili Staffan de Mistura Idlibdagi vaziyatga ishora qilib.

AQSH hukumati esa Suriya kimyoviy qurollar qoʻllagudek boʻlsa, bunga jim qarab turmasligini aytgan.

Kamola HATAMOVA

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.