Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida faoliyat yuritayotgan Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro Akademiya har toʻrt yilda bir marta adabiyot, madaniyat va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erishgan ijodkorlarga oʻz mukofotlarini taqdim etadi.
Bu yilgi tanlov natijalariga koʻra, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, “Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston” doimiy ekspozitsiyasi rahbari Ahmadjon Meliboyevga akademik unvoni berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston xalq artisti Mirza Azizov ham adabiyot va sanʼat yoʻnalishida laureatlik mukofoti bilan taqdirlandi.
OʻzA