Akkauntingiz parolini taxmin qilish osonmi?

0
177
marta koʻrilgan.

Yer yuzida millionlab odamlar internetdagi akkauntlarida taxmin qilish va buzib kirish juda oson boʻlgan parollardan foydalanadilar, deya xabar beradi BBC axborot xizmati.

Buyuk Britaniyaning Milliy Kiber Muhofaza markazining izlanishlari natijasida maʼlum boʻlganki, buzib kirilgan akkauntlarning koʻpchiligida parol sifatida 123456 raqamlaridan foydalanilgan. Yanada aniqroq aytganda, 23 million akkauntlarda 123456 paroli belgilangan .

Ikkinchi oʻrinda eng koʻp ishlatiladigan parol bu 123456789 boʻlib, undan keyingi oʻrinda esa 111111 paroli ekanligi aniqlangan.

Shu bilan birga koʻpchilik yana oʻz ismi va tugʻilgan yilini parol sifatida qoʻyib, xakerlar uchun taxmin qilish va buzib kirishga oson imkoniyat beradilar, deb ogohlantiradi mutaxassislar.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.