Amerika kinoakademiyasi Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasini roʻyxatga oldi

0
116
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi tashkil qilindi, deya xabar beriladi Yosh kinoijodkorlar kengashining Facebookdagi sahifasida.

Sayyoramizning eng yirik va eng muhim mukofoti hisoblangan Oskarga endilikda Oʻzbekiston filmlarini taqdim qilish imkoniyati boʻladi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi tashkil qilinib, AQSH kinoakademiyasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi. 
Shu yilning 1 oktyabr kuni Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi tomonidan 2020 yilning 9 fevral kuni Los-Anjeles shaxrining mashhur “Dolby” teatrida boʻlib oʻtadigan 92-Oskar taqdirlash marosimining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga Oʻzbekiston nomidan film ilgari suriladi.
Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasining aʼzolari tarkibi va filmlarni saralab olish nizomi bilan tanishtirish maqsadida milliy qoʻmitaning koordinatsion muassisi Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi yaqin kunlarda Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi taqdimoti hamda matbuot anjumani oʻtkazishni rejalashtirgan.
Dunyoning 90ga yaqin mamlakatida ochilgani singari Oʻzbekistonda ham Oskar qoʻmitasini tashkil qilish boʻyicha kelishuvlarga yosh kinoijodkorlarning Kann kinofestivali doirasidagi Oʻzbekiston milliy pavilonida boʻlib oʻtgan uchrashuvlar davomida erishildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.