Angela Merkel: musulmonlar Germaniya jamiyatining bir qismi

0
357
marta koʻrilgan.

Musulmonlar Germaniya jamiyatining ajralmas qismi, shunday ekan islom dini ham biz uchun begona emas. Bu haqda Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri – Angela Merkel Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Leven ishtirokida oʻtgan qoʻshma matbuot anjumanida maʼlum qildi, deyiladi Anadolu xabarida, deya xabar beriladi uza.uz saytida

Merkel bunday izohni Germaniya Ichki ishlar vaziri Xorsta Zeexoferaning “Islom uchun Germaniyada joy yoʻq”, deya bildirgan fikrlariga raddiya sifatida keltirgan. 

Kanslerning qayd etishicha, xristian va iudaizm dini vakillari mamlakatning tarixiy rivojlanishida oʻz hissalarini qoʻshgan boʻlsa-da, bugun Germaniyada 4 millionga yaqin musulmonlar istiqomat qilmoqda. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotida musulmonlarning ham ulushi bor. 

Siyosatchi, shuningdek, hukumat bir narsani – Islomning davlat Konstitutsiyasiga zid oʻlaroq harakat qilishini istamasligini taʼkidlagan. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.