Angela Merkelning memuar kitobi sotuvda birinchi oʻrinni egalladi

0
45
marta koʻrilgan.

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel memuari sotuvi birinchi haftada 200 ming nusxadan oshib, 2024 yilda mamlakatda nashr etilgan kitoblar orasida birinchi oʻringa chiqdi.

Bu haqda Germaniyada kitob bozori dinamikasini kuzatuvchi Media Control kompaniyasi xabar berdi. “Merkelning “Ozodlik” nomli memuar kitobi 26 noyabr kuni sotuvga chiqdi. Birinchi kunlardayoq kitob Germaniyada, shuningdek, qoʻshni Shveysariya va Avstriyada “barchasi istisnosiz” bestsellerlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Bu yil hech bir kitob sotilishi bunday tezlikni egallamagan”, deydi kompaniya rahbari. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu holat sobiq kanslerning nemislar orasida davom etayotgan mashhurligining ifodasidir.

Yana shunisi eʼtiborliki, kitobni erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq sotib olishayotgan ekan.  Nisbat 52 ga 48 foyizni tashkil etadi.

Angela Merkel 2005 yildan 2021 yilgacha Germaniya kansleri lavozimida faoliyat yuritgan. 26 noyabr kuni u oʻzining “Ozodlik. 1954-2021 xotiralari” nomli memuarini nashr etdi, unda  GDRdagi hayoti va Germaniyadagi siyosiy faoliyatini yodga oladi, deb xabar beradi tass.ru.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.