AQSH Prezidenti Oʻzbekiston Prezidentiga tabrik yoʻlladi

0
155
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Amerika xalqi nomidan Sizga va Oʻzbekiston xalqiga Navroʻz ayyomi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yoʻllamoqdaman.

Oʻtgan yil davomida Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari umumiy muammolarni hal qilish, xalqlarimiz xavfsizligi va farovonligini taʼminlash maqsadida birlashdi.

Ushbu uygʻonish va yangilanish mavsumida Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekiston xalqiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu kunlarda yangi marralarni belgilab, mustahkam tinchlik va oʻzaro anglashuv ruhidagi umumiy kelajak sari saʼy-harakatlarimizni davom ettirar ekanmiz, men mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va xalqlarimiz doʻstligi yanada mustahkamlanishiga ishonaman.

Navroʻz muborak!

Hurmat bilan,

Jozef Bayden,     Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.