AQSH havo kuchlariga tegishli «A-29 Super Ticano» rusumli harbiy samolyot Nyu-Meksiko shtatida qulab tushgan.
Xolloman aviabazasi bayonotiga asoslanib, bu haqda RIA Novosti xabar beradi.
Xabarda qayd etilishicha, halokat kecha mahalliy vaqt bilan soat 11.30da sodir boʻlgan. Hozircha faqat harbiy samolyotning uchuvchisi jarohat olgani va u shifoxonaga yetkazilgani maʼlum, boshqa jabrlanganlar taqdiri oydinlashtirilmoqda.