Bloomberg: Oʻzbekiston valyuta siyosatini leberallashtirmoqda

0
142
marta koʻrilgan.
 AQSHning moliyaviy-iqtisodiy yangiliklar boʻyicha nufuzli “Bloomberg” agentligi “Oʻzbekistonda valyutaning kutilmagan tarzda 50 foiz devalvatsiya qilinishi tijoriy shartnoma tuzuvchilarning eʼtiborini tortadi” deb nomlangan maqola eʼlon qilib, unda Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan keyin Oʻzbekistonning investorlar nazariga tushishini taʼminlaganini, valyuta siyosatini erkinlashtirganini yozadi.
 

“Islohot hukumatning xorijiy investitsiya jalb qilishga qatʼiy azmu shijoatini ifoda etadi”, deb taʼkidlaydi Londondagi “Chatham House” tahlil markazining “Rossiya va Yevroosiyo” dasturi xodimi Keyt Mallinson. “Keyingi yigirma yilda Oʻzbekistonda valyuta konvertatsiyasi xorijiy sarmoyadorlar uchun eng muammoli masalalardan boʻlib turgan edi”.

Uning soʻzlariga koʻra, yaqin istiqbolda ikkilik valyuta tizimini liberallashtirish iqtisodiyot uchun ayrim muammolar tugʻdirishi, jumladan, inflyasiya oshishiga olib kelishi mumkin, lekin giperinflyasiyaga sabab boʻlmaydi. Ijobiy jihat shuki, moliyaviy borada davlat boshqaruvi kamayadi va xususiy sektor rivoji uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.

Moskvdagi “Macro Advisory” kompaniyasi xodimi Kris Vifer “32 million aholi yashaydigan va tashqi dunyo uchun 100 yil davomida yopiq boʻlgan Oʻzbekiston salmoqli sarmoyaviy salohiyatga ega kam sonli investitsiya obyektlaridan” ekanini qayd qiladi. “Bu Oʻzbekistonning investorlar nazariga tushishini taʼminladi. Avvalgi valyuta siyosati sarmoyadorlar uchun juda qattiq va oʻta noshaffof edi, shu bois ham mamlakatga investitsiya kam kirardi”.

Moskvadagi “Renessans Kepital” kompaniyasi iqtisodchisi Oleg Kuzminning fikricha, ushbu qaror valyuta siyosatini liberallashtirish yoʻlidagi muhim qadamdir. Bu Oʻzbekistonda avvalgi yillarda kuzatilgan rasmiy va “boʻz bozorgi” ayirboshlash baholari oʻrtasidagi katta farqni qisqartirishga xizmat qiladi.

“Oʻzbekistonning valyutasi boshqa asosiy mintaqaviy valyutalardan koʻproq qadrini yoʻqotdi. Siyosiy rahbariyat oʻzgarganidan keyin Oʻzbekistonda muayyan yangilanishlar koʻzga tashlanmoqda, yaqinda valyutani erkinlashtirish boʻyicha qabul qilingan qarorni esa bu yoʻnalishdagi yana bir qadam deb hisoblash mumkin”.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.