BMT Bosh assambleyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

0
181
marta koʻrilgan.

14 dekabr kuni BMT Bosh assambleyasi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyusiyani bir ovozdan maʼqulladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Ushbu rezolyusiyani qabul qilish taklifi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yilda BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Rezolyusiyada COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslikni taʼminlagan holda keng koʻlamli, barqaror va izchil tiklanishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamjihatlik, birdamlik va har tomonlama hamkorlikka sodiqlikni mustahkamlashda parlamentlarning muhim oʻrni qayd etiladi.

Bosh assambleya davlatlarni parlamentlarni qoʻllab-quvvatlashga, ularni BRMga erishish boʻyicha kelgusi faoliyat va ularning erishilishini kuzatish jarayonlariga, ayniqsa, ixtiyoriy milliy maʼruzalarni tayyorlashga jalb qilish, shuningdek, milliy masʼuliyat va hisobdorlikni taʼminlash va kuchaytirish uchun ularga yordam berishga chaqiradi.

Xotin-qizlarning qonun chiqaruvchi organlar ishida va parlament jarayonlarida toʻliq, teng huquqli va taʼsirchan ishtirokiga koʻmaklashish orqali BRMga erishishni jadallashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarning markaziy omili sifatida gender tenglikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

2030 yilga qadar boʻlgan davrdagi kun tartibining muvaffaqiyatli amalga oshirilishida yoshlarning oʻrni va hissasi muhimligi, yoshlarning parlament jarayonlarida toʻliq, teng huquqli va taʼsirchan ishtirokini taʼminlash zarurligi eʼtirof etilgan.

Dunyoning barcha qitʼalaridagi 80 ta davlat, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Avstriya, Bangladesh, Bahrayn, Belgiya, Germaniya, Jazoir, Ispaniya, Indoneziya, Italiya, Kolumbiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Niderlandiya, Norvegiya, Pokiston, Portugaliya, Rossiya, Singapur, Finlyandiya, Fransiya, XXR, Shvetsiya, Yaponiya, Qatar va boshqalar hujjatning hammualliflari boʻldi.

BMT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar rezolyusiyani olqishladilar. Rezolyusiya parlamentlar uchun oʻziga xos dasturilamal boʻlishi, BRMni jadal amalga oshirish boʻyicha saʼy-harakatlarini faollashtirishi qayd etilmoqda.

Parlamentlararo ittifoq ushbu hujjatni 2023 yil sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasi 78-sessiyasining Oliy darajadagi haftasi doirasida boʻlib oʻtadigan BRM sammitiga tayyorgarlik yoʻlidagi muhim qadam sifatida baholadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.