BMT dinlararo bagʻrikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. Oʻzbekiston uning hammualliflaridan biri boʻldi

0
135
marta koʻrilgan.

25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida «Nafrat soʻzlariga qarshi kurashish kontekstida dinlararo va madaniyatlararo muloqot va bagʻrikenglikni qoʻllab-quvvatlash» rezolyusiyasi konsensus asosida qabul qilindi. Rezolyusiya har ikki yilda, anʼanaviy ravishda Marokash delegatsiyasi tashabbusi bilan qabul qilinadi.

Rezolyusiya 49 ta davlat tomonidan tayyorlandi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bor.

Shuningdek, rezolyusiyani tayyorlashda Turkiya, Ozarboyjon, Xitoy, Pokiston, Bahrayn, Iordaniya, Iroq, Misr, BAA, Ummon, Saudiya Arabistoni, Qatar va Quvayt, ayrim Afrika davlatlari, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari hammuallif sifatida qatnashdi.  

Rezolyusiyada Qurʼonni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zoʻravonlik holatlari koʻpayganidan xavotir bildirilgan. Ularni amalga oshirgan shaxslar kim boʻlishidan qatʼi nazar, islomofobiyadan motivatsiya olgani qayd etilgan.

Rezolyusiyaning asosiy maqsadi va chorlovi – diniy ramzlar, muqaddas kitoblar, uy-joy, korxonalar, mulk, maktablar, madaniyat markazlari yoki ibodat joylariga qarshi qaratilgan zoʻravonlik harakatlarini, shuningdek, xalqaro huquq meʼyorlariga zid ravishda diniy obidalar, diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga hujumlarni qoralashdan iborat.

Rezolyusiya bilan har yili fevral oyining birinchi haftasini barcha dinlar, konfessiyalar va konfessiyalar oʻrtasida uygʻun konfessiyalararo munosabatlar Butunjahon haftaligi deb eʼlon qilinishi qoʻllab-quvvatlandi.

Manbaa: OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.