2019-yilning 3-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili etib tayinlangan Matilda Dimovskani qabul qildi.
Matilda Dimovska BMT Taraqqiyot dasturi administratori Akim Shtaynerning uni Oʻzbekistonga tayinlangani haqidagi maktubini taqdim etdi.
Vazir M.Dimovskani lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va BMTTD oʻrtasidagi munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, qabul qilingan 2017-2021-yillarda rivojlanishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini qoidalari Barqaror taraqqiyot maqsadlariga (BTM) mos keladi, bu hujjatlar bosh tamoyil — “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyili birlashtiradi.
Vazir BMT, jumladan BMTTDning ekologiya muammolarini hal etishga koʻmaklashishga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori baholadi. Taʼkidlanganidek, BMT shafeligida Orolboʻyi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast jamgʻarmasining tashkil etilishi ulkan mintaqaning ekologik muammolarini hal etish sohasida muhim voqea boʻldi.
Matilda Dimovska mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida BMTning faol ishtirok etish maqsadini tasdiqladi va 2016-2020-yillarda Oʻzbekistonning rivojlanish maqsadlariga koʻmaklashish boʻyicha BMTning Hadli dasturini (UNDAF) amalga oshirish jarayonini yuqori baholadi.
Anvar Ilyosov olgan surat