Butunjahon bolalar kuni va Xalqaro nogironlar kuni haqida bilasizmi?

0
396
marta koʻrilgan.

BMT Bosh Assambleyasining tashabbusi bilan  20 noyabr – Butunjahon bolalar kuni va 3 dekabr  – Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1954 yilgi rezolyusiyasida 1956-yildan boshlab, 20-noyabr sanasini Butunjahon bolalar kuni etib belgilash va nishonlashni barcha mamlakatlarga tavsiya etgan. Shuningdek, 20 noyabr sanasida 1959 yilda «Bola huquqlari haqidagi Deklaratsiya», 1989 yilda «Bola huquqlari toʻgʻrisida Konvensiya» qabul qilingan.

BMT Bosh Assambleyasining  rezolyusiyasi bilan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida belgilangan. Mamlakatimizda ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, harakati cheklangan bolalarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi.

 «Oʻzbekiston Respublikasi nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida» gi Qonuni qabul qilingan.

Mamlakatimiz boʻylab   ushbu sanalarga  bagʻishlab koʻplpb tadbirlar uyushtirildi. Jumladan,  Uchtepa tumani Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda  Uchtepa tumanidagi 199- Ixtisoslashtirilgan maktabi  oʻquvchilari  uchun goʻzal  tadbir oʻtkazildi.

Barchinoy XOʻJAYEVA, Uchtepa tumani Axborot-kutubxona markazi rahbari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.