Chimkentlik mansabdorlarning maoshi oshadi

0
126
marta koʻrilgan.
Janubiy Qozogʻiston nomi Turkiston viloyati deb oʻzgartirilib, qadimiy hamda tarixiy shahar Turkiston uning markazi qilib belgilangach, Chemkent shahrini alohida megapolis sifatida rivojlantirishning istiqbolli rejalarini amalga oshirishga kirishildi. 
 
Shahar hokimiyati tashkil qilindi. Yangi tayinlangan hokim Gabidulla Abdurahimov respublikada joriy qilingan Davlat xizmatchilari kuni  bayrami bilan tabriklab, jami shaharliklar oldida turgan vazifalar xususida toʻxtaldi: “Mamlakatimizda uchinchi millionli shahar sifatida eʼtirof etilgan Chemkentni har jihatdan Ostona va Olmaota shaharlari darajasiga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish lozim” dedi u.
 
Shuningdek, hokim respublika darajasidagi shahar maqomi berilishi munosabati bilan davlat xizmatchilari maoshlari oshirilishi, hamda moddiy ragʻbatlantirilishini  maʼlum qildi.
 
OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.