Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev hamrohligida “Ostona” xalqaro moliya markazini borib koʻrdi.
Nursulton Nazarboyev ushbu markazda ishbilarmonlar uchun yaratilgan sharoitlar, istiqbolga belgilangan rejalar haqida soʻzlab berdi.
Markaz faoliyati xalqaro moliya institutlari tajribasi asosida yoʻlga qoʻyilgan. Uning aʼzolari uchun ellik yilgacha soliq imtiyozlari berish, viza, valyuta va ish yuritish tizimini soddalashtirish koʻzda tutilgan.