BBC 2024 yil uchun dunyoning 100 nafar ilhomlantiruvchi va taʼsirli ayollar roʻyxatini eʼlon qildi.
Ular orasida tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Nadya Murad, aktrisa Sheron Stoun, yozuvchi Kristina Rivera Garsa, rassom Treysi Emin, olimpiya gʻoliblari Rebeka Andrade hamda Ellison Feliks, qoʻshiqchi Rey va oʻzbekistonlik tadbirkor va chevar tikuvchi Dilorom Yoʻldosheva ham bor.
Ikki yil avval Dilorom Yoʻldosheva baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyogʻini yoʻqotdi. Falokat uning qaddini bukmadi, umidsizlikka tushmadi va oʻzining tikuvchilik biznesini ochdi. U ishchilar va maktab oʻquvchilari uchun kiyim tikish boʻyicha shartnomalar tuzib, oʻzi va oʻnlab boshqa ayollarni daromad bilan taʼminladi.
BBCning «100 nafar ayol» loyihasi shuni koʻrsatmoqdaki, dunyoning turli burchaklaridagi ayollar duch kelayotgan barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, ularning koʻpchiligi oʻz zimmasiga yetakchilik vazifasini olib, jamiyatdagi oʻzgarishlar uchun kurashishni davom ettirmoqda.
gujum.uz