Dunyo boʻyicha har yili 800 ming kishi oʻz joniga qasd qiladi

0
647
marta koʻrilgan.

Butun jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining hisobotiga koʻra, dunyo boʻyicha har yili 800 ming kishi oʻz joniga qasd qiladi. Suitsid (oʻz joniga qasd qilish) 15-29 yoshdagi kishilar oʻrtasidagi oʻlimning ikkinchi eng katta sababchisidir.

Suitsid 79 foiz holatlarda rivojlanayotgan davlatlarda roʻy beradi. Oʻlimga olib keluvchi zaharli moddalar yutish, oʻzini oʻzi osish va qurol bilan oʻzini joniga qasd qilish suitsidning eng koʻp tarqalgan turidir.

Suitsid koʻpincha hayotagi moddiy qiyinchiliklar, oilaviy ziddiyatlar, yoki surunkali ogʻriqli kasalliklarga uchragan kishilar oʻrtasida depressiya holatiga tushishi natijasida yuz beradi. Shu bilan birga muntazam alkogol ichimliklar ichadigan, biron ruhiy, jismoniy tazyiq yoki zoʻravonlikka uchragan kishilar oʻrtasida ham sodir boʻlib turadi.

Oʻz joniga qasd qilish holatini toʻgʻri psixoligik muloqot  orqali oldini olish mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.