Dunyoda 18 yoshdan katta boʻlgan 1.9 milliard kishi ortiqcha vaznga ega

0
237
marta koʻrilgan.

Butunjahon Sogliqni saqlash tashkilotining ortiqcha vazn va semizlik boʻyicha chop etgan eng keyingi hisobotiga (2016) koʻra, dunyoda 18 yoshdan katta boʻlgan 1.9 milliard kishi ortiqcha vaznga ega. Shundan 650 million nafari semizlik darajasidagi kishilardir.

Boshqacha aytganda, 18 yoshdan katta boʻlgan aholining 39 foizi ortiqcha vaznli, yana shundan 13 foizi esa semizdir. Jins nuqtai nazardan aytilsa, yer yuzida ayollarning 40 foizi va erkaklarning 39 foizi ortiqcha vazn, yana 11 foiz erkaklar va 15 foiz ayollar esa semizdir.

Avvallari semizlik asosan yuqori daromadli mamlakatlarda koʻproq uchragan boʻlsa, keyingi yillarda semizlik kam daromadli davlatlarda ham koʻpayib bormoqda. Masalan, 2000 yildan beri Afrika qitʼasida 5 yoshgacha boʻlgan ortiqcha vaznlik bolalar soni 50 foizga oshgan. Osiyo qitʼasida esa 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning deyarli yarmi ortiqcha vaznga ega.

Dunyo boʻyicha 1975 yildan beri yer yuzi aholisi oʻrtasida semizlik 3 barabar oshgan.

Semizlik deb organizm qabul qilayotgan va sarflayotgan kaloriya miqdori oʻrtasidagi nomutanosiblik tushuniladi. Boshqacha aytganda, dunyo boʻyicha kishilar tobora koʻproq kaloriyaga boy taomlar isteʼmol qilyaptilar, kam harakatli turmush tarziga oʻtmoqdalar.

 Ortiqcha vazn yurak-tomir, qandli diabet, mushak va boʻgʻin kasalliklari, saratonning baʼzi turlarini keltirib chiqaradi. Unutmang, meʼyorda va toʻgʻri ovqatlanish, faol turmush tarzi olib borish orqali ortiqcha vazn va semizlikning oldini olish mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.