BMT 2012 yildan beri har yili dunyoning eng baxtli davlatlari roʻyxatini eʼlon qilib keladi. Roʻyxatga jahonning 156 davlati kiritilgan.
Xalqaro tashkilot hisobotida jamiyat fuqarolari mazkur yurtda oʻzlarini qanchalik baxtli his etishlari va uning sabablari koʻrsatilgan. Kishilarning baxtiyorlik darajasini aniqlashda mamlakatda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, hukumat siyosati, davlatning aholi jon boshiga yillik daromadi, korrupsiya darajasi, saylov erkinligi, ijtimoiy turmush, texnologiyalar taraqqiyoti kabi omillar hisobga olingan.
Eng baxtli davlatlar roʻyxatining birinchi oʻntaligidan quyidagi davlatlar joy olgan: Finlandiya, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Niderlandiya, Shveysariya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Avstriya.
Ushbu roʻyxatda Markaziy Osiyo davlatlaridan Oʻzbekiston 41, Qozogʻiston 60, Tojikiston 74, Qirgʻiziston 86, Turkmaniston 87-oʻrinni egallagan.
Janubiy Sudan, Afgʻoniston, Tanzaniya, Ruanda, Yaman, Malavi, Suriya, Botsvana va Gaiti esa oxirgi oʻrinlarda koʻrsatilgan.
Hisobot bilan World Happiness Report 2019 saytida batafsil tanishishingiz mumkin.