Yer yuzida 780 million aholi qashshoqlik darajasida yashaydi

0
615
marta koʻrilgan.

BMT saytida keltirilishicha, 2000 yildan beri dunyo boʻyicha qashshoqlik darajasi ancha pasayishiga qaramay, bugungi kunda 10.7 foiz aholi, boshqacha aytganda har oʻntadan bir odam “qashshoqlik chegarasi” deb tan olingan mezondan quyi sharoitda yashaydi.

Xalqaro mezonlarga koʻra, kuniga kishi boshiga 1.90 AQSH dollaridan kam sarflanadigan davlatlar “qashshoq davlatlar” sirasiga kiradi. Afrika qitʼasi aholisining 42 foizi ana shu “qashshoqlik chegarasi”dan quyida yashaydi. Qolgan 58 foizi esa koʻproq Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlariga toʻgʻri keladi. Yanada aniqroq raqamlarda aytilsa, yer yuzida 780 million aholi qashshoqlik darajasida kun kechiradi.

Qashshoqlikka daromad va ishlab chiqarish resurslarining yetishmasligi natijasida ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va boshqa asosiy xizmatlardan foydalana olmaslik, ijtimoiy notenglik kabi holatlar kiradi.

1981 yilda dunyoda qashshoqlik chegarasidan quyida yashovchi aholi 44 foizni tashkil etgan boʻlsa, 1990 yilda 35 foizga tushgan. Birlashgan Millatlat Tashkiloti, Jahon Banki Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar hukumatlar bilan hamkorlikda ushbu koʻrsatkichni 2030 yilga borib 3 foizga tushirishni maqsad qilgan.

Surat Jahon banki tashkiloti saytidan olindi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.