«Euro Folk-2019» Yevropa folklor festivalida vatandoshlarimiz 2-oʻrinni egallashdi

0
204
marta koʻrilgan.
Joriy yilning 27 iyun — 7 iyul kunlari Bolgariya Respublikasining Nesebr shahrida «Euro Folk-2019» Yevropa folklor festivali boʻlib oʻtdi.

Yigirmata davlatdan 40 dan ortiq sanʼatkorlar guruhlari qatnashgan ushbu festival bellashuvlarida oʻzbek sanʼatkorlari umumjamoa hisobida 2-oʻringa munosib koʻrildi.

Vatandoshlarimiz sanʼatkorlarning bellashuvlarida oʻz chiqishlari hamda mahorat darslari bilan festivalga ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ushbu tadbirda oʻzbek sanʼatkorlari umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, 1-oʻrin Bolgariya sanʼatkorlariga, 3-oʻrin ukrainaliklarga nasib etdi.

Mavluda  Asqarxoʻjayeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.