Germaniyalik siyosatchi “Shimoliy oqim-2” loyihasini “katta xato” deb atadi

0
202
marta koʻrilgan.

Germaniyadagi “Yashillar” partiyasidan kanslerlikka nomzod Annalena Berbok oʻzining “Shimoliy oqim-2” loyihasiga qarshi boʻlishining uch sababini aytdi.

“Menimcha, bu loyiha – katta xato”, dedi siyosatchi “Ouest-France” jurnaliga bergan intervyusida. Uningcha, birinchidan – loyiha Ukraina xavfsizligiga tahdid, ikkinchidan – Yevropa energetik mustaqilligiga rahna soladi, uchinchidan – iqlim siyosati boʻyicha ham xato ish hisoblanadi.

“Agar Yevropa iqlim iqlim boʻyicha xolis boʻlmoqchi boʻlsa, Rossiya gazining olib kelinishi – notoʻgʻri yoʻl”, dedi u.  

Ayni paytda u “toʻgʻri yoʻl”, deb nimani nazarda tutishiga aniqlik kiritmadi.

Manbaa: OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.