Hindistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari ochildi

0
183
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi arafasida 10 sentyabr kuni Dehlida Oʻzbekiston madaniyati kunlari ochildi. Marosim Hindiston Tashqi ishlar vazirligi forumlar saroyida boʻlib oʻtdi,deya  xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Oʻzbekiston elchisi Farhod Arziyev oʻz nutqida ikki davlat oʻrtasidagi koʻp asrlik maʼnaviy-maʼrifiy aloqalar toʻgʻrisida soʻzlab, oʻzbek-hind muloqoti bugungi kunda yangi surʼatlarda rivojlanib borayotganini taʼkidladi. U Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga amalga oshirilajak davlat tashrifi ikki tomonlama hamkorlikka yangi mazmun baxsh etishiga ishonch bildirdi.

Tadbirning asosiy qismi «Sirdaryo navolari» guruhi konsert dasturidan iborat boʻldi. Oʻzbekistonning sayyohlik va madaniy salohiyati toʻgʻrisidagi filmlar namoyish etildi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston amaliy sanʼati namunalari koʻrgazmasi tashkil qilindi.

 Uchrashuv doirasida Dehlida chop etilgan toʻrt jildlik oʻzbek tili darsligi taqdimoti ham oʻtkazildi.

  Maʼlum qilinishicha, Madaniyat kunlari 14 sentyabrgacha davom etadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.