“Humo arena”dagi bellashuvlarda oʻzbek bokschilarining quvonarli gʻalabalari

0
76
marta koʻrilgan.

Toshkentda WBC&Lift professional boks oqshomi oʻz yakuniga yetdi. “Humo arena” mezbonlik qilgan janglar yurtdoshlarimiz uchun chiroyli gʻalabalarga boy boʻldi.

Xususan, professional boksda debyut qilgan Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari chempioni Abdumalik Xalokov 2-raunddayoq gʻalaba qozondi. Shuningdek, hamyurtlarimizdan Qudratillo Abduqahhorov, Miraziz Mirzaxalilov, Suhrob Qayumov, Mujbillo Tursunov, qolaversa, kechaning markaziy jangida ringga koʻtarilgan Bahodir Jalolov ham oʻz hisoblariga navbatdagi gʻalabani yozdirib qoʻyishdi.

Barcha janglar va ularning natijalari bilan tanishing:

Ikkinchi eng yengil vaznda (-55,2): Avetis Nalbandyan (Armaniston) — Vikash Dahiya (Hindiston). Ochkolar hisobiga koʻra Nalbandyanning gʻalabasi.

Yarim yengil vaznda (-57,1 kg): Abdumalik Xalokov (Oʻzbekiston) — Oleksandr Yegorov (Ukraina). 2-raundda texnik nokaut evaziga Xalokovning gʻalabasi.

Yarim oʻrta vaznda (-66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov (Oʻzbekiston) — Maono Alli (Tanzaniya). 2-raundda texnik nokaut evaziga Abduqahhorovning gʻalabasi.

Eng yengil vaznda (-53,5 kg): Miraziz Mirzahalilov (Oʻzbekiston) — Runqi Jou (Xitoy). Ochkolar hisobiga koʻra Mirzahalilovning gʻalabasi

Oʻrta vaznda (-72,5 kg) WBC Central Asia turniri finali: Anvar Turopov (Oʻzbekiston) — Suhrob Qayumov (Oʻzbekiston). 2-raunddan soʻng Qayumovning gʻalabasi qayd etildi.

Birinchi oʻrta vaznda (-69,8 kg) kamari uchun: Ermal Hadribey (AQSH) — Karlos Molina (Meksika). 9-raundda texnik nokaut evaziga Hadribeyning gʻalabasi.

Birinchi yarim oʻrta vaznda (-63,5 kg) WBC Central Asia kamari uchun: Mujibillo Tursunov (Oʻzbekiston) — Yangcheng Jin (Xitoy). Ochkolar hisobiga koʻra Tursunovning gʻalabasi.

Oʻrta vaznda (-72,5 kg) WBC Eliminator jangi (12 raundlik): Meyirim Nursultanov (Qozogʻiston) — Xulio Alamos (Chili). Ochkolar hisobiga koʻra Nursultanovning gʻalabasi.

Co main event: Ikkinchi oʻta yengil vaznda (-52,1 kg) WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun: Pedro Guyevara (Meksika) — Karlos Kuadras (Meksika). Ochkolar hisobiga koʻra Kuadrasning gʻalabasi.

Markaziy jang: O­­gʻir vaznda 10 raundlik jang: Bahodir Jalolov (Oʻzbekiston) — Kris Tompson (JAR). Birinchi raundda Jalolovning gʻalabasi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.