Ichan-qalʼa Smart muzeyi Moskvani zabt etmoqda

0
187
marta koʻrilgan.

Moskva shahrining «Manej» Markaziy koʻrgazmalar zalida «Intermuzey-2019» XXI Xalqaro muzeylar festivali boʻlib oʻtmoqda. 

Festivalda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda «Ichan-qalʼa» davlat muzey qoʻriqxonasi vakillaridan iborat delegatsiya Mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan birgalikda milliy stendni tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga binoan «Ichan-qalʼa» davlat muzey-qoʻriqxonasida innovatsion texnologiyalar asosida joriy etilgan smart-muzey mazkur festival pavilonlaridan joy oldi.

Koʻrgazma doirasida, «Ichan-qalʼa» davlat muzey qoʻriqxonasi boʻylab Android- va IOS qurilmalarida mavjud boʻlgan mobil ilovalar orqali virutal mustaqil sayohat qilish imkoniyatini beradigan smart-muzeyi hamda NazzAR dasturi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mazkur yangilik festivalga tashrif buyurgan barcha tomoshabinlar oʻrtasida katta qiziqish uygʻotdi, oʻzbek stendi atrofida tizilgan mehmonlar va festival ishtirokchilari Xiva boʻylab virtual sayohat qilish istagini bildirdi.

Oʻzbekiston koʻrgazmasini jurnalistlar ham chetlab oʻtmadi. Respublikamizning innovatsion tajribasi xaqidagi reportajlar «Rossiya – Kultura», BRICS TV va boshqa telekanallar tomonidan tasvirga olindi.

Xorazm  tarixi va madaniyati xaqida festival ishtirokchilarini tanishtirishda   xalq amaliy sanʼati bezaklari imkoniyatlaridan ham foydalanildi. Shuningdek, namoyish etilgan sanʼat namunalari xaqida soʻzlovchi xujjatli filmlar va roliklar pavilonga tashrif buyurgan tomoshabinlarga havola etildi.

«Intermuzey-2019» XXI xalqaro festivali 2 iyunga qadar davom etadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.