Ixtirochi oʻzbek ayollari Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Koʻrgazmasida ishtirok etyaptilar

0
502
marta koʻrilgan.

Koreya Ixtirochi ayollari Assotsiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual Mulk Offici (KIPO) va Xalqaro Intellektual Mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan 20 dan 25 iyunga qadar Janubiy Koreyada XII Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Koʻrgazmasi — KIWIE 2019 oʻtkazilmoqda.

Xalqaro koʻrgazma ixtirochi ayollarning fan va texnologiya sohasida erishayotgan yutuqlari, tajribalari va yaratgan yangi texnologiyalarini oʻrganish hamda ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilib kelinmoqda. KIWIE 2019 koʻrgazmasida 30 dan ziyod davlatlardan 400 nafardan ortiq ixtirochi xotin-qiz texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻz ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan qatnashmoqda.

Oʻzbekistonning olima va tadbirkor ayollari ham Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan 2018 yildan buyon ushbu xalqaro koʻrgazmada ishtirok etib kelishmoqda. 
2018 yilda Janubiy Koreyada oʻtkazilgan 11-Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Koʻrgazmasi (KIWIE)da Qoʻmita tomonidan yuborilgan olima ayollar ilk bor mamlakatimiz nomidan ishtirok etib, 1 ta “Grand Prize”, 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarni qoʻlga kiritishgan edi.

Bu yil ham Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 12 nafar iqtidorli xotin-qizlarni xalqaro koʻrgazma va forumda qatnashish hamda Ixtirochi Ayollar Akademiyasida oʻtkaziladigan oʻquv kurslarida oʻz malakalarini oshirishlari uchun joʻnab ketishdi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.