Jahon bankining (World Bank) yangi hisoboti — «Global iqtisodiy istiqbollar»ga koʻra, 2020 yilda 60 million odam «oʻta qashshoqlik»ka tushib qolishi mumkin.
Jahon bankining hisob-kitoblari boʻyicha, insonning kunlik daromadi kamida 1,9 dollarni tashkil etganda (kuniga taxminan 20 ming soʻm) — «oʻta qashshoqlik» holati, deb belgilanadi.
Sogʻliqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish choralaridan tashqari davlat boshqaruvini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish zarur.
Rivojlanish jarayonini sekinlashtirgan monopol kompaniyalarga yirik davlat subsidiyalari tizimini isloh qilish oʻta muhim.
Kelajak iqtisodiyotini yaratish uchun mamlakatlar inson kapitaliga investitsiya kiritishlari kerak boʻladi.