Jonatan Xenik AQSHning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tasdiqlandi

0
207
marta koʻrilgan.

Jonatan Xenik amaldagi elchi, AQSHning Qozogʻistondagi elchisi lavozimida faoliyatini davom ettiradigan Deniyel Rozenblyum oʻrniga keladi.

Jonatan Henik — AQSH diplomatik xizmatining yuqori lavozimli amaldori. Oʻtgan yildan beri u Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Axborot va kibermakon kollejida AQSH Davlat departamenti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Ilgari u Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari byurosida Davlat kotibi yordamchisining oʻrinbosari lavozimida ishlab, Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha masʼul boʻlgan. U rus, portugal, turk va ozarbayjon tillarini biladi.

Xenik “AQSH manfaatlarini ilgari surish va Oʻzbekiston bilan strategik sherikligimizni mustahkamlash, ikki tomonlama xavfsizlik, xalqlar va iqtisodiy aloqalarimizni mustahkamlash hamda demokratik qadriyatlarni ilgari surish”ga intilishini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon OʻSAROV xabaridan

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.