Jons Xopkins universitetining maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 120 million nafardan oshdi

0
307
marta koʻrilgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 119 million 603 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 649 mingdan ziyod kishi vafot etgan (15.03.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 17:05 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 391 231 yangi holati aniqlandi, 7 110 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (16.03.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 08:25 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 120 million 217 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 660 ming nafardan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 29,115 million nafardan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Braziliya (11,439 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Hindiston (11,385 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (4,400 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (4,258 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 52 261, Braziliyada 76 178, Hindistonda 26 291, Rossiyada 9 437, Buyuk Britaniyada esa 4 618 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.