Kembridj universiteti sobiq talabasi Devid Xardingning oʻzi taʼlim olgan dargohga 100 million funt sterling xayriyasi

0
394
marta koʻrilgan.
RIA Novosti maʼlumotiga koʻra, Britaniyalik milliarder, Kembridj universiteti sobiq talabasi Devid Xarding oʻzi taʼlim olgan dargohga 100 million funt sterling xayriya qildi. Universitet maʼmuriyati taʼkidlashicha, Devid va Klaudia Xarding jamgʻarmasining bu ehsoni ushbu universitetga ajratilgan eng yirik miqdordagi xayriya mablagʻidir.
 
“Kembridj universiteti 100 million funt sterling miqdoridagi begʻaraz yordamni  Buyuk Britaniya va butun dunyoning eng iqtidorli aspirantlari va talabalarini jalb qilishga yoʻnaltiradi.  Yetmish toʻqqiz million funt sterling eng iqtidorli talabalar va aspirantlar uchun stipendiyalar sifatida ajratiladi (25 million funt sterling aynan Xarding taʼlim olgan St Catherineʼs College kolleji aspirantlariga ajratiladi), qolgan mablagʻlar ham talabalarni qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi”, deb xabar bergan universitet.
 
Xarding – Winton investitsiyalarni boshqarish xalqaro kompaniyasining asoschisi va rahbari. U va uning rafiqasi Klaudia oʻzining Buyuk Britaniya va dunyoning koʻplab ilmiy institutlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xayriya ishlari bilan ham nom qozongan. 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.