Kvandju shahrida mehnat masalalari boʻyicha oʻzbekistonliklar bilan uchrashuv oʻtkazildi

0
199
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligininig Kvandju shahri (Koreya Respublikasi)dagi vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Koreyada istiqomat qilayotgan hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz bilan atroflicha suhbat qurish va mavjud muammolarini hal etish maqsadida uchrashuvga Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi konsuli Haydarali Fayziyev, Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi attashesi Abdumannon Isanov, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisi, Koreya koʻnikmalarni rivojlantirish instituti bosh direktori Kim Yun Se, Kvandju shahar chet ellik ishchilarni qoʻllab-quvvatlash markazi direktori U Man Son va boshqa 10 ga yaqin mutasaddi tashkilot vakillari taklif etildi.

Uchrashuvda 100 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etib, viza tartibi, yaqin qarindoshlarni Koreyaga olib kelish, yangi turdagi chet elga chiqish pasportini olish, ish beruvchilar bilan yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar, shu jumladan, ish joyini oʻzgartirish singari dolzarb masalalarda suhbat uyushtirildi.

Kelgusida bunday uchrashuvlarni butun Koreya boʻyicha tashkillashtirish rejalashtirilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.