Mashhur ayollar haqida hikoyalar: Angela Merkel

0
126
marta koʻrilgan.

Germaniya ahli olti daqiqalik iliq va guldiros qarsaklar bilan nafaqaga chiqqan Angela Merkel bilan xayrlashdi.

Nemislar uni oʻzlariga rahbarlik qilishini istadi va Merkel 18 yil davomida 80 milliondan ortiq aholisi boʻlgan germaniyaliklarni oʻzining siyosiy malakasi, mahorati, fidoyiligi va samimiyligi bilan boshqardi. Izzat -hurmat topdi.

Mamlakatidagi ushbu oʻn sakkiz yillik rahbarlik davrida unga nisbatan hech qanday qonunbuzarliklar qayd etilmagan. U bironta qarindoshini lavozimga tayinlamagan. U oʻzini shon-sharaf yaratuvchisi deb daʼvo qilmagan.  U hech qanday ahmoqona gaplarni gapirmagan. Ha, bu oʻsha – Angela Merkel. “Dunyo xonimi” deb tan olingan va olti million erkakka teng deb taʼriflangan ayol.

Angela Merkel partiya rahbariyati lavozimini tark etib, uni oʻzidan keyin boʻlganlarga yuksak namunali siyosatchi tarzda, samimiy  holatda topshirdi.

Shu kuni Germaniya ahlining bu holatga munosabati tarixda misli koʻrilmagan boʻldi: odamlar uylarining balkonlariga chiqdilar va hech qanday dabdabali tantana, marosimlarsiz olti daqiqali iliq qarsaklar bilan Merkelni kuzatishdi.

Germaniyaning odmigina yetakchisi, moda yoki hashamga qiziqmagan va koʻchmas mulk, mashinalar, yaxtalar yoki xususiy samolyotlar sotib olmagan mutaxassisligi kimyogar — fizik boʻlgan ayol bilan nemislar ana shunday samimiy va oddiy xayrlashishdi. U 18 yildan keyin oʻsha sizga tanish ustidagi bir xil libosida oʻz lavozimini tark etdi.

Bir matbuot anjumanida ayol jurnalist Merkeldan soʻradi: “Biz sizning kiyimlaringiz doimo bir xil takrorlanganini payqadik. Nega? “

Merkel javob berdi: “Men davlat xizmatchisiman, model emasman”.

Boshqa bir matbuot anjumanida undan: “Uyni tozalaydigan, ovqat tayyorlaydigan va hokazo xizmatkorlaringiz bormi?”, – deb soʻrashdi.

Uning javobi quyidagicha boʻldi: “Yoʻq, mening ishchilarim yoʻq va ular menga kerak emas. Uyda bu ishlarni erim va men qilamiz“.

Keyin boshqa bir jurnalist “Kim kiyim yuvadi, sizmi yoki eringizmi?”, – deb soʻradi.

Javob bunday boʻldi: “Men kiyimlarni tartibga keltiraman, erim kir yuvish mashinasini boshqaradi va bu odatda kechasi sodir boʻladi”.

U soʻzini yakunlaganida shunday dedi: “Sizdan  hukumat ishlarimizdagi yutuq va kamchiliklar toʻgʻrisida soʻrashingizni kutgan edim”.

«Uning soʻzi bilan amali bir», deyishadi atrofidagilar.  Bu haqiqat.  Merkel xonim oddiy fuqarolar singari kichik kvartirada yashaydi. U Germaniyaning Bosh vaziri etib saylanguniga qadar ham shu xonadonda yashagan. Uning na villasi va na xizmatkori bor.

Oʻziga xos, betakror hayot yoʻlini bosib oʻtgan bu ayol – mashhur Angela Merkel, Yevropada eng iqtisodi gurkiragan Germaniyaning Federal kansleri!

Tahririyatdan: ushbu maqolani oʻqiganimizda korrupsiyaviy holatdan chiqa olmayotgan, nafsini tiya olmayotgan mansabdorlarni koʻz oldimizga keltirdik.  Kuni kecha OʻzA  bergan xabarida respublikaning  4 ta tumanida davlat byudjetidan berilgan mablagʻlar  maqsadli ishlatilmaganligi haqidagi dalilni keltirdi. Har bir viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish kengashlari boʻlishiga qaramay hamon salbiy holatlar kuzatilmoqda. Buning uchun hokim-u tashkilot rahbarlarida qatʼiy iroda Merkeldek kuchli shaxs boʻlishi kerakdir, balki…

Internet  materiallari asosida tayyorlandi.

Suratda: 2013 yilgi muvaffaqiyatli saylovdan keyingi holat.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.