Mashhur ayollar: Klaudiya Goldin Nobel mukofoti savrindori

0
143
views

2023 yilgi Nobel mukofotiga iqtisodiyot yoʻnalishida amerikalik tadqiqotchi Klaudiya Goldin munosib deb topildi.

Klaudiya xonim “mehnat bozoridagi gender farqlarining asosiy sabablarini ochib bergani” uchun ushbu nufuzli mukofotga loyiq koʻrildi, deb xabar beradi tass.ru.

Goldin “asrlar davomida ayollarning daromadlari va mehnat bozoridagi ishtiroki haqida ilk keng qamrovli maʼlumotni taqdim etdi. Uning tadqiqotlari oʻzgarish sabablarini, shuningdek, doimiy gender tafovutining asosiy manbalarini ochib beradi”, deyiladi qoʻmita bayonotida.

Shvetsiyalik ekspertlarning taʼkidlashicha, soʻnggi yuz yil ichida mehnat bozoridagi ayollar uch baravar koʻpaygan boʻlsa-da, gender masalasida jiddiy farq saqlanib qolmoqda.

Gujum. uz

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here