The Nikkei: Oʻzbekiston qoʻshni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlamoqda

0
223
marta koʻrilgan.
Yaponiyaning «The Nikkei» nashri Oʻzbekistonning qoʻshni davlatlar bilan aloqalarining mustahkamlanishi Markaziy Osiyoning koʻrinishini oʻzgartirishi va mintaqaning xalqaro maydondagi taʼsirini oshirishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Ushbu mavzudagi maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari orasida oliy darajadagi uchrashuvlarni muntazam oʻtkazib borish boʻyicha bergan taklifi mamlakatning bunday hamkorlikda yetakchi rol oʻynashga intilayotganini koʻrsatadi va jiddiy diplomatik oʻzgarishlarga olib kelishi taʼkidlanadi.

«The Nikkei», Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikning mustahkamlanishi xavfsizlik va chegara muammolarini yechish hamda mintaqada transport infrastrukturasini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga egaligi haqidagi soʻzlariga tayangan holda, Oʻzbekiston xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga yordam beradigan muhit yaratish, bu borada mamlakat oʻz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, valyuta tizimini erkinlashtirishga intilayotganini taʼkidlaydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.