AQSHlik olimlar Yer sharining ichki biosferasi Dunyo okeani miqyosidan ikki baravar katta degan xulosaga kelishdi.
Bu haqda «EurekAlert» portali maʼlumot beradi. Olimlarning aytishicha, Yer qaʼri biosferasi 2 milliard kub kilometrdan ortiqroq, bu esa Yerdagi barcha okeanlar miqyosidan katta. Ayni paytda Yerning ichki biomassasida 15-23 milliard tonna uglerod bor. Jami mikrotanalarning 70 foizi yer ostida boʻlib, bu mikrotanalar odamlarga nisbatan 250-385 marta koʻproq uglerod ishlab chiqaradi.