Osiyo va Afrika qitʼasida yiliga 7 million kishi havoning ifloslanishi natijasida vafot etmoqda

0
476
marta koʻrilgan.

BMT  maʼlumotiga koʻra, dunyoda oʻntadan toʻqqiz kishi ifloslangan havodan nafas olyapti. Yer yuzining 91 foiz aholisi havosi ifloslangan hududlarda yashaydi.

Osiyo va Afrika qitʼasida yiliga 7 million kishi havoning haddan tashqari ifloslanishi natijasida vafot etmoqda. Ayniqsa, Hindiston va Xitoy mamlakatlari bu koʻrsatkich boʻyicha birinchi oʻrinda turadi.

Atmosfera ifloslanishining oqibatlari Yevropa aholisini ham chetlab oʻtayotgani yoʻq. Ushbu qitʼada yashovchi kishilarning umri oʻrtachaa 1 yilga qisqaryapti.

Odamlardagi yurak kasalliklarining 25 foizi, shol kasalligining 24 foizi, oʻpka kasalliklari va oʻpka saratonining 43 foizi iflos havodan nafas olish natijasida kelib chiqmoqda.

Dunyoda yiligi 4,2 million kishi muntazam ravishda ochiq havodagi iflosanish, 3,8 millioni esa bino ichida maishiy chiqindilar natijasida toʻplanuvchi zararli havoni yutishi oqibatida vafot etmoqda.

Ayniqsa, katta yoʻllarga yaqin joylashgan uylarda istiqomat qiluvchi kishilar zaharli havodan koʻproq yutadilar. Bunday havo, ayniqsa, bolalar va homilador ayollarga  salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bolalar nimjon, turli kasalliklarga moyil boʻlib oʻsadilar. Ayol kishining yukli davrida zaharli havoni koʻp yutishi esa homilaning vaznni kichik yoki muddatidan avval tugʻilishiga olib kelayapti.

Atmosferaning tobora ifloslanib borayotganiga qaramay, mutaxassislar kishilarga koʻproq ochiq havoda, aniqrogʻi ertalab chim va daraxtlar serob boʻlgan bogʻlarda sayr qilishni tavsiya etadilar. Transport qatnovi jadal boʻlgan hudud va vaqtlarda kamroq yurishni tavsiya etadilar. Bunga eʼtibor qiling.

Surat USA Today saytidan olindi.

Oydin SADULLAYEVA

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.