Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammiti boshlandi

0
111
marta koʻrilgan.

Dushanbe shahridagi «Koʻhi Navroʻz» saroyida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning navbatdagi sammiti boshlandi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.    

Unda kengashga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillaridan iborat 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etmoqda.

Tadbir oldidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon samimiy qutladi.

Soʻng barcha delegatsiyalar rahbarlari birgalikda suratga tushish marosimida qatnashdi. Tojikiston rahbari sammitni kirish soʻzi bilan ochdi.

OHICHK qitʼamizda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatlar va xalqlar farovonligini oshirishga qaratilgan xalqaro forumdir. 

Kengashga bugungi kunda mintaqa hududi va aholisining 90 foizini qamragan 27 davlat aʼzo. Sakkiz mamlakat va beshta nufuzli xalqaro tuzilma — Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasi uning kuzatuvchilaridir. 

Oʻtgan yillarda ushbu tuzilmaning Qozogʻiston, Turkiya va Xitoy raisligida toʻrtta sammiti bӯlib ӯtgan. Bu galgi uchrashuv “Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona yondashuv» mavzusida oʻtkazilmoqda.

Majlis kun tartibidan mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash boʻyicha oʻzaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish, terrorizm va ekstremizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, aʼzo davlatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda, atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha hamkorlikni kengaytirishga doir dolzarb masalalar oʻrin olgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.