«Otkriʼtaya Aziya» Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga Murojaati haqida

0
154
marta koʻrilgan.
Tojikistonning  «Otkriʼtaya Aziya»  internet nashri Oʻzbekiston Prezidentining parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasidagi 10 ta asosiy tezisni keltirmoqda,  deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 
 
Xususan, nashrda taʼkidlanishicha, Shavkat Miriyoyev mamlakat iqtisodiyotidagi noreal koʻrsatkichlardan voz kechishni taklif qildi. Iqtisodiy sohada soxta raqamlar ortidan quvish, xayoliy rejalarni haqiqiy deb koʻrsatishga urinishlar tanqid ostiga olindi.

Yilning nomi koʻchalarni chiroyli yozuvlar bilan bezashga xizmat qilmasdan, real natija berishi kerakligini taʼkidlagan holda, davlat rahbari 2018 yilni Oʻzbekistonda  “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”, deb atashni taklif qildi. “Yangi fikrlar, gʻoyalar, innovatsiyalarsiz biz kelgusida hech narsaga erisha olmaymiz, buni har bir hokim tushunishi kerak”, — dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Taʼkidlandiki, mamlakatda yuqori malakali jurnalist kadrlarga ehtiyoj katta, ammo hozircha ushbu masalalarni markazlashtirilgan tarzda hal qila oladigan tegishli tayanch oliy oʻquv yurti mavjud emas. Shu sababli davlat rahbari Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil qilish zarur, deb hisoblaydi.

 Nashr mamlakat rahbarining Oʻzbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tashkil qilish boʻyicha tashabbusiga alohida eʼtibor qaratgan.

“Yoshlar haqida gap ketganda, men doim bir narsani oʻylayman. Mana, bugungi kunda qancha-qancha yoshlarimiz chet ellarda taʼlim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida oʻz yoʻlini topib, begona yurtda hech kimdan kam boʻlmay yashayotganlari ham koʻp. Lekin Vatan sogʻinchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimiy aloqa oʻrnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida boʻlganlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur. Shu  maqsadda Oʻzbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, nashr Prezidentning “Mening fikrim” internet-portalini yaratish toʻgʻrisidagi qaroriga toʻxtalib oʻtadi.  Davlat rahbari aytganidek, qonun ijodkorligi sohasida parlament yoki xalq deputatlari kengashlari fuqarolar guruhlari tomonidan ilgari suriladigan tashabbuslarni koʻrib chiqishi zarur.  Shu munosabat bilan internet tarmogʻida “Mening fikrim” deb nomlangan maxsus veb-sahifa tashkil etiladi, unga  mamlakat fuqarolari davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar boʻyicha oʻz fikr va tashabbuslarini  elektron shaklda yoʻllaydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.