Oʻttiz yoshgacha kishilar xali “goʻdak” sanaladi

0
211
marta koʻrilgan.

Jahon tadqiqotchilarining aniqlashicha, kishilar tom maʼnoda oʻttiz yoshdan soʻnggina ulgʻayar ekan. Bu  yoshgacha esa xali “bola” sanaladi, deb yozadi, BBC  xizmati.

Koʻpgina davlatlarda yoshlar 18 ga toʻlgandan soʻng “voya yetgan” hisoblanib, jamiyatda “ovoz” berish huquqiga ega boʻladilar, turli hatti-harakatlari uchun tegishli javobgarlikka tortiladilar. Lekin miya va asab tizimini oʻrganuvchi Kembrij Universiteti olimlarning soʻnggi tadqiqotlariga koʻra, ushbu yoshda odamlar miyasida xali ham oʻsish, rivojlanish jarayoni kechayotgan boʻlar ekan. Bu esa odamlar xali bu yoshda toʻliq ratsional fikrlay olmasligiga dalolat, deb hisoblaydi ular.

Kembrij Universiteti professori Piter Jonesning  aytishicha, tajribali sudya 19 yashar jinoyatchi bilan 30 yoshdan katta jinoyatchilarning fikrlash tarzida farq borligini taʼkidlagan. 

“Ulgʻayish” jarayoni yillar davomida kechib, turli kishilar turli yoshda tom maʼnoda ulgʻayadi, deya xulosa chiqaradi tadqiqotchilar.

Shu sababli Piter Jonesning fikricha, 18 yoshdan avvalgi davrni “bolalik” va undan keying davrni “voyaga yetgan” deb chegaralanishi notoʻgʻri bshlar ekan.

Oydin  SADULLAYEVA tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.