Oʻzbek xalqiga mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildiraman

0
189
marta koʻrilgan.

Norvegiya Tashqi ishlar vazirligining Afgʻoniston va Pokiston boʻyicha maxsus vakilli Rolf Villi Xansenning bunday eʼtirofi barchamizni quvontirdi. U oʻz soʻzini shunday boshladi: 

— Men eng avvalo oʻzbek xalqiga mehmondoʻstlik va oʻzaro doʻstona munosabatlar uchun minnatdorchilik bildiraman. Norvegiya hukumati Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni va siyosiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydi. 
 
Biz Afgʻoniston muammolarini hozirga qadar ham bir necha marta muhokama qilgan edik. Istambul, Qobul uchrashuvlari bunga misol boʻla oladi. 
 
“Tolibon” harakati vakillari muzokaralar stoliga oʻtirishga oʻzida kuch topishi kerak. Zamonaviy taraqqiyot davrida muammolarni diplomatik muzokaralar bilan hal qilish oʻrniga urush maydonida “ qahramonlik” qilishni nima keragi bor. 
 
Norvegiya har ikki tarafni muzokaralar stoliga oʻtirishini va muammolarni hal qilishini sabr bilan kutadi. 
 
Bir narsani bilishlaringizni istayman, Afgʻoniston ham gullab-yashnashga, obod mamlakatga aylanishga haqli. Buning uchun ular oʻzaro kelishib olishi, har bir afgʻon oʻzini urush olovidan himoya qilishga kuch topa olsa, ularni dunyodagi barcha hamkorlari qoʻlllab-quvvatlaydi. 
 
 Manba: OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.