Oʻzbekiston delegatsiyasi «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» shaklidagi yuqori darajali muloqotda ishtirok etdi

0
326
marta koʻrilgan.

2018 yilning 9 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» shaklidagi siyosat va xavfsizlik boʻyicha yuqori darajali Muloqotning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

2017 yil iyun oyida Bishkek shahridagi Muloqotning soʻnggi majlisi hamda 2018 yil mart oyida Toshkent shahridagi vazirlarning norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» shaklida turli darajadagi boʻlajak uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Uchrashuvda terrorizm bilan kurash va zoʻravonlik ekstremizmini oldini olishda hamkorlikni faollashtirish choralari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, delegatsiyalar tomonidan chegarani boshqarish, narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilik bilan kurash sohasidagi hamkorlik masalalari hamda mintaqaviy ekologik muammolar koʻrib chiqildi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.