Oʻzbekiston delegatsiyasi ShHTga aʼzo davlatlar vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etdi

0
90
marta koʻrilgan.

2018 yilning 12 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Abdujabar Abduvaxitov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari oʻrinbosarlari darajasida ShHTning xalqaro faoliyat masalalari boʻyicha maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.

Moskva shahrida Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston TIV vakillari tomonidan xalqaro munosabatlar rivojlanishining hozirgi sharoitlarida ShHT oldida turgan asosiy vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ShHTga aʼzo davlatlarning dolzarb mintaqaviy va global muammolar boʻyicha kelishilgan mavqeʼlarini amaliy tadbiq etish, boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar, avvalo BMT, ASEAN​, MDH, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.