Oʻzbekiston harbiy musiqasi Pekinda olqishlandi

0
157
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy orkestri 22-27 aprel kunlari Pekin shahrida boʻlib oʻtayotgan «Tinchlik burgʻusi» harbiy orkestrlar xalqaro festivalida ishtirok etmoqda. 

Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Markaziy harbiy orkestr sanʼatkorlaridan tashqari Mudofaa vazirligining Markaziy ashula va raqs ansambli vakillari ham bor. 

Oʻzbekistonlik harbiy musiqachilar 24 aprel kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, «Doʻstlik» ordeni sohibi, isteʼfodagi polkovnik Pavel Makarov rahbarligida konsert berdi. Yurtdoshlarimiz repertuarida “Buyuk ipak yuli” marshi, shuningdek, “Salamanka”, “Sorrentoga qaytish” musiqiy kompozitsiyalari, mashhur “Sing-Sing” jaz asari oʻrin olgan. Balet jamoasi ijrosida “Oq lolalar” milliy asari namoyish qilindi. 

Festivalning soʻnggi kunida mamlakatimiz harbiy orkestr musiqachilari milliy “Lazgi”ni ijro etib, oʻz ijodiy repertuaridagi yangi chiqishlar bilan musiqa ixlosmandlarini xursand qiladi. 

Ablay Kamolov, OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.