“Oʻzbekiston matbuoti» jurnali qayta tashkil etildi

0
807
marta koʻrilgan.

 

Oʻzbekiston matbuoti tafakkurining timsoli – “Oʻzbekiston matbuoti» jurnali toʻrt yillik tanaffusdan soʻng qayta tashkil etildi.

 Jadid adabiyotining buyuk namoyondasi, shoir  Abdulhamid Choʻlpon asos solgan «O’zbekiston matbuoti» jurnalining tashkil etilganiga bu yil 103 yil toʻldi.

Shu munosabat bilan Milliy Matbuot markazida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan taqdimot tadbiri oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov taʼkidlaganidek, oʻtgan davrda ushbu jurnal “Turkiston matbaachisi”, “Muxbirlar yoʻldoshi”, “Muxbir” va “Oʻzbekiston matbuoti» nomi bilan chop etilib, soha hodimlarining faoliyatini yoritishda, ularning malakasini oshirishda munosib hissa qoʻshib keldi.

Taqdimotning yana bir eʼtiborli tomoni shuki, ushbu marosim  Turkiyaning «TRT Avaz» telekanali orqali “Choʻlpon asos solgan jurnal qayta tiklandi” sarlavhasi  ostida  keng yoritildi.

Eʼtiboringizga ushbu videolavhani havola etamiz. Bizga ushbu video lavhaning musiqa ostida yoritilishi maʼqul keldi. 

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.